x

Maktabgacha ta'lim

Davlat-xususiy sheriklik asosida bog`cha tashkil qilish uchun ajratilgan kreditlarning imtiyozli muddati uzaytirildi

“Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada qo`llab-quvvatlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–316-son, 27.09.2023 y.) qabul qilindi

Qarorga ko`ra, tadbirkorlarga, ularning xohishiga ko`ra, 2018–2022 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish uchun tuzilgan bitimlarga muvofiq ajratilgan imtiyozli kreditlar bo`yicha imtiyozli davr muddatini 2024 yil 1 oktyabrgacha uzaytirishga ruxsat etildi. 

Bunda:

imtiyozli davr davomida tadbirkorlar tomonidan kredit bo`yicha faqat foiz to`lovlari amalga oshiriladi;

imtiyozli davrda to`lanishi lozim bo`lgan asosiy qarz bo`yicha to`lovlar kredit davrining qolgan qismiga teng miqdorda taqsimlanadi.

Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar loyiha tashabbuskorlariga quyidagi tabaqalashtirilgan foiz stavkalarida va shartlarda ajratiladi:

Toshkent shahrida – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 12 foiz stavka bo`yicha;

Nukus shahri, viloyatlar markazlari va viloyatga bo`ysunuvchi shaharlarda – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 8 foiz stavka bo`yicha;

tumanlarda – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavka bo`yicha.
 

To Top ↑
To Top ↑