Maktabgacha ta'lim
Maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi ustuvor masalalarga bag`ishlangan Hay'at majlisi tanqidiy ruhda kechdi
2023-2024-o`quv yilida tizimda amalga oshirilishi zarur bo`lgan ishlarga bevosita to`xtalib o`tildi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda kechgan yig`ilishda sohada yo`lga qo`yilayotgan kamchiliklar ham tilga olindi.
Joylarda maktabgacha ta'limga qamrov darajasini oshirish bo`yicha ishlar sarhisobi keltirilib, mas'ullarga maktabgacha ta'limga qamrov darajasini oshirish bo`yicha zarur topshiriqlar berildi.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlariga qattiq e'tibor berish ta'kidlandi
Fuqarolar murojaatlari tahlil etilib, vazirlikda sentyabrning oxiri va oktyabr oyi “Dolzarb oylik” etib belgilandi.
Murojaatlarni ko`rib chiqish bo`yicha vazirlik markaziy apparatida Ishchi shtabi tashkil etildi.