x

O'rta-maxsus ta'lim

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 apreldagi 154-sonli qarori bilan umumiy o`rta ta'lim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi tasdiqlangan. Unga ko`ra, oltin medal' umumiy o`rta ta'lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to`g`risidagi a'lo darajali shahodatnomasi mavjud bo`lgan, umumiy o`rta ta'lim muassasalarining 10-11 sinflarida barcha fanlar bo`yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a'lo bo`lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko`rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

Kumush medal umumiy o`rta ta'lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to`g`risidagi a'lo darajali shahodatnomasi mavjud bo`lgan, umumiy o`rta ta'lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo`yicha yillik baholari a'lo bo`lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko`rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

Oltin va kumush medallarni belgilangan talablar asosida berilishiga maktab direktori javobgar.

To Top ↑
To Top ↑