Oliy ta'lim
Qatar bilan oliy ta'lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik qilinadi
“Halqaro shartnomani tasdiqlash to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–305-son, 13.09.2023 y.) qabul qilindi
Qarorga ko`ra, O`zbekiston va Qatar Davlati Hukumatlari o`rtasida oliy ta'lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to`g`risidagi bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2023 yil 6 iyunda Samarqand shahrida imzolangan.
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo`lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.