O'rta-maxsus ta'lim
Sinf: 8
Fan: Jahon tarixi.
Mavzu: 1800-1870-yillarda Buyuk Britaniya.
Darsning maqsadlari:
ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga 1800-1870-yillar oralig‘ida Buyuk Britaniya davlatining sanoatidagi rivojlanishi,sanoat haqida tushuntirish.
Sanoat, mashinasozlik, chartistlar harakati ta’limotlarini mustaqil fikrlar bilan sharxlay olish ko‘nikmasini shakllantirish;
tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni vatanparvarlik, xalqaro munosabatlar ishiga xayrixohlik ruhida tarbiyalash;
rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning erkin va mustaqil fikrlash, ijodkorlik faoliyatlarini o‘stirish, dunyoviy bilimlarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim va tushuncha beruvchi
Darsning uslubi: “Impovizitsiya”, “Ikki qismli kundalik”, “Restavratsiya”metodlari;
Dars jihozlari: komputer, proyektor, doska, magnit doska, Dunyoning siyosiy xaritasi, bo‘r, tarqatma topshiriqlar, elektron ko‘rgazmalar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
O‘quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish,o‘quvchilarni guruhga bo‘lish va mavzuga mos nomlar bilan guruhni nomlash. Sinf xonasi va o‘quvchilarning darsga tayyorligi, o‘quvchilarning toza-ozoda va maktab formasida kelganligi nazorat qilinadi, sinf navbatchisi faoliyatiga baho beriladi;
- dunyo xabarlarini eshitish.
- darsning oltin qoidalari, baholash mezonlari tushuntiriladi;
- - yangi mavzu va uning rejasi, darsning maqsadlari e’lon qilinadi.
- sinf o‘quvchilari guruhlarga ajratiladi, guruh sardorlari va guruh ballarini hisoblab borish uchun guruh xazinaboni aniqlanadi;
1.1. O‘qituvchi o‘quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o‘tadi hamda o‘quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.
O‘qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo‘lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tiladi.
- Baholash mezonlari:
- O‘quvchilar har bir to‘gri bajarilgan topshiriq uchun qo‘yiladigan ballar xazinabon jadvalida ko‘rsatilgan, o‘quvchilar yiqqan ballarini xazinabonlar qayd etib borishadi va turli Buyuk Britaniya bayrog‘i ko‘rinishidagi rag‘bat kartochkalarini qo‘lga kiritadi. Dars davomida eng ko‘p rag‘bat kartochkalarini qo‘lga kiritgan guruh va o‘quvchi Buyuk Britaniyaga sayohat chiptasini qo‘lga kiritadi.
Guruhlarning nomlanishi:
II. O‘tilgan mavzuni takrorlash:
“Guruhlarda ishlash”
O‘quvchilar 4 guruhga bo‘linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o‘z guruhlariga nom qo‘yib olishadi hamda guruhga qo‘yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.
1-topshiriq: Guruhlarga o‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi topshiriq beriladi:
“Improvizatsiya” metodi asosida o‘quvchilarning o‘tilgan mavzular bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkaziladi. Bunda har bir guruh o‘quvchilariga alohida o‘qituvchi tomonidan tayyorlanib guruhlarga topshiriladi va o‘quvchilar o‘zlariga berilgan topshiriqlariga tayyorgarliksiz javob berishlari lozim. Bu metod orqali o‘quvchining uyga bergan vazifani qanchalik bajarganini anglash mumkin.
III. Yangi mavzu bayoni: “IKKI QISMLI KUNDALIK” TEXNOLOGIYASI
Berilgan ta’rif: |
O‘quvchining ta’rifi: |
1800-1870-yillarda Buyuk Britaniya sanoati gurkirab rivojlandi.
|
_ _ _ _ _ _ |
Bu davrda Buyuk Britaniyada sanoat gurkirab rivojlandi. To‘qimachilik, mashinasozlik, kon sanoati yetakchi o‘rinni egalladi.Mashinalashgan Ishlab chiqarish oqibatida 1816-yilda Buyuk Britaniyada mashinalar 150 million odamning qo‘l mehnatiga teng ishni bajarardi. Bu davrda Buyuk Britaniya aholisining o‘zi 12million kishini tashkil etardi.
Mamlakat hayotidagi bu o‘zgarishlar Buyuk Britaniyaning “dengizlar hukmdori” mavqeyini yanada mustahkamladi. Shu davrda qishloq xo‘jaligida ham mashinalar va kimyoviy o‘g‘itlardan foydalanish boshlandi. XIX asrning 40-yillariga kelib, sanoatning gurkirab rivojlanishi va ilm-fan taraqqiyoti yangi bir hodisa-sanoat to‘ntarishining tugallanishiga olib keldi.
1825-yili Buyuk Britaniya parlamenti ish tashlashni ta’qiqlovchi qonun qabul qildi. Bu qonun ishchilar o‘rtasida keskin norozilikni keltirib chiqardi. Natijada 1832-yili parlament islohot o‘tkazib,saylov tartibi o‘zgartirildi. Islohotdan so‘ng saylangan Yangi parlament 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 8 soatlik ish vaqti belgiladi. 9 yoshgacha bo‘lgan bolalarning mehnat qilishi ta’qiqlandi.
XIX asrning 50-yillari Buyuk Britaniya sanoatining rivojlanish darajasi, savdoning ko‘lami va dengizdagi qudrati jihatidan dunyoning eng qudratli davlatiga aylandi.
Buyuk Britaniya o‘z mustamlakachilik siyosatida “oq koloniyalar”ga katta e’tibor qaratdi. Amerika, Afrika va Avstraliyaga Buyuk Britaniya va Yevropaning boshqa mamlakatlaridan ko‘chib borgan kishilar tomonidan o‘zlashtirgan hududlar “Oq mustamlakalar” deb atalardi. Buyuk Britaniya 1867-yili Kanadaga dominion maqomini berishga majbur bo‘ldi.
IV. Mavzuni mustahkamlash: “Restavratsiya” metodi.
Bu metodning qiziqarliligi o‘quvchi o‘zini xuddi tarixiy hujjatni qayta tiklayotgandek his etadi va dars mashg‘ulotiga bo‘lgan qiziqishi ham ortadi.
V. O‘quvchilarni baholash: Dars yakuniga ko‘ra darsning barcha bosqichlarida to‘plagan ballari guruh hisobchisi tomonidan hisoblanadi va yakuniy xulosa chiqariladi.
VI.Uyga vazifa: Dars davomida 3 ballgacha to‘plagan o‘quvchilar mavzu oxiridagi savollarga javob yozib keladilar, 4 ball to‘plagan o‘quvchilar mavzu oxiridagi savollarga javob yozadilar va qo‘shimcha 5 ta test tuzadilar, 5 ball va undan yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar mavzu oxiridagi savollarga javob yozadilar va qo‘shimcha 7 ta test tuzadilar.
Hulkaroy Yasinova,
Andijon shahridagi 32-maktabning tarix fani o‘qituvchisi