Maktabgacha ta'lim
Qonunchilikka ko`ra, etim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar davlat bog`chalari va maktablarga navbatga qo`yilmasdan joylashtiriladi.
Ularga texnikum, kollej, akademik litsey yoki OTMda o`qiyotganda har o`quv yilida 1 marotaba o`quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 500 ming so`m) miqdorida subsidiya beriladi.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar o`qishni davlat OTMlarida davom ettirganda ularga stipendiya 50 foizga oshirilgan holda to`lanadi.