Statistika agentligiga koʻra, 2022/2023-oʻquv yili holatiga oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar soni 1 009 271 nafarga yetgan. Oʻquvchilar eng koʻp taʼlim yoʻnalishini tanlagan.
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat yoʻnalishida 1 009 271 nafar talaba tahsil oladi. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 2022/2023-oʻquv yili boshiga koʻra, Oʻzbekistonda oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar soni 1 009 271 nafarga yetgan. Talabalar soni sohalar boʻyicha quyidagicha:
- Taʼlim – 317 872 nafar;
- Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 167 970 nafar;
- Biznes, boshqaruv va huquq – 113 723 nafar;
- Sanʼat va gumanitar fanlar – 93 513 nafar;
- Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 74 868 nafar;
- Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot – 60 023 nafar;
- Xizmatlar – 46 852 nafar;
- Qishloq, oʻrmon, baliqchilik xoʻjaligi va veterinariya – 46 556 nafar;
- Axborot-kommunikasiya texnologiyalari – 46 066 nafar;
- Tabiiy fanlar, matematika va statistika – 41 828 nafar.