Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, 1-martdan boshlab xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ushbu sertifikatlarni olish uchun sarf qilgan xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.
Shuningdek, ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
Xalqaro sertifikatlarning ro'yxati har yili alohida tasdiqlanadi.
Yoshlar xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda ariza yuboradi.