Qiziltepa tumanidagi 17-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Munavvara Cho‘liyeva talaba bo‘lish uchun 178 ballni naqd qilib qo‘ydi.
Munavvara Cho‘liyeva o‘tgan o‘quv yilida, 10-sinf payti chet tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatni hamda biologiya fanidan milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan.
Joriy o‘quv yilida esa u ona tili va adabiyoti, tarix hamda kimyo fanlaridan milliy sertifikatlarni olgan.
Munavvara maktabni bitirib, tibbiyot oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirishni rejalashtirmoqda. Demak, u faqatgina barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan fanlardan biri – matematika fanidan 10 ta testni ishlaydi xolos.