Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi tashkil etiladi. Bu haqda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida gap boradi.
Qayd etilishicha, mazkur tanlov qoʻshimcha ravishda 6 ta – qoraqalpoq, tojik, qozoq, rus, qirgʻiz va turkman tillarida ham oʻtkaziladi.
Hujjat loyihasiga koʻra, ushbu tanlovni oʻtkazish boʻyicha Ishchi guruh tarkibini tasdiqlash, tanlov nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda tanlovni talabalar oʻrtasida tashkil etish va oʻtkazish Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga yuklatilgan.
Kitobxonlik tanlovi masʼul ijrochilar mablagʻlari hisobidan tashkil qilinadi.