x

O’zbek xalq ertaklari bolalarni har tomonlama tarbiyalashni o’ziga qamrab olgan boy merosdir. Ertaklarda millatimizga xos vatanparvarlik, rahm-shafqat, zukkolik, mehmondo’stlik, rostgo’ylik, saxiylik kabi fazilatlar ustuvordir.

 

Ertaklarimiz bolajonlarimizning pok ko’ngliga toza suvdek shildirab kiradi, ular ongini musiqa yanglig’ chulg’ab oladi. Shuning uchun ham o’zbek xalq ertaklarini ma’nolar xazinasiga o’xshatish mumkin, turli qiziqarli ertak kitoblari orqali tabiatni asrash, axloq-odob, to’g’riso’zlik, halollik kabi ezgu sifatlar shakllantirish maqsadida Toshkent shahar Yunusobod tumani "Nurli kelajak" nomli 43-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bolajonlar  tomonidan, ularning ota-onalariga "Ertaklar-yaxshilikka yetaklar"  mavzusida tadbir namoyish etildi. 

Ezgulikning yovuzlik ustidan g‘olib chiqishini tarannum etuvchi ertak qahramonlari obrazlari bola tafakkurini yanada boyitishga xizmat qilishi shubhasiz.

Tomoshadan sо‘ng bolajonlarga tashkilot tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi. Maqsad bolajonlarni ko`proq ertak o`qishga chaqirish, ertaklar orqali axloqiy fazilatlarini tarbiyalash, kitoblarni ko`proq o`qishga undashdir.

 

Dilmurod Tilovov 

 

To Top ↑
To Top ↑