Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o`rinbosari Usmon Sharifxo`jayev bloger Kirill Al'tmanga bergan interv'yusida pedagoglarning hozirgi darajasi oldingiga qaraganda ancha pastligi va buning o`ziga yarasha sabablari borligi haqida to`xtalibdi.
«Menga qo`ng`iroq qilib, o`quvchining bahosini o`zgartirib berishni so`rashadi. Pedagoglarni oldiga borib, buni aytishdan boshqa meni qiladigan ishim yo`qmi?», — deydi Usmon Sharifxo`jayev.
Vazir o`rinbosarining ta'kidlashicha, ta'limda hammasi yaxshi bo`lishi uchun nima qilish kerakligi chiroyli va to`g`ri yozib qo`yilgan, qog`ozda hamma nasra bor.
«Ammo bularni hayotga tadbiq qilish doim ham oson kechmayapdi. Bir xil joylarda moliyaviy, yana bir xil joylarda esa xodimlarning salohiyati etishmayotgan bo`lsa, boshqa joylarda ishga bo`lgan ishtiyoq kam», — deydi u.