x

Bir necha kundan beri mamlakatimizda havo harorati birmuncha sovimoqda. Bunday vaziyatda maktab o'quvchilari belgilangan tartibda forma kiyishlari kerakmi yoki boshqa shartlari bormi?

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.08.2019 dagi 666-sonli "Davlat umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilarini yagona maktab formasi bilan ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga ko'ra o'quvchilarning bahor-kuzgi va qishki mavsumda qanday forma kiyishi kerakligi belgilab qo'yilgan.

Qonunning 3-bob, 8-qismida "Ob-havo sharoitidan kelib chiqib, o‘quvchilar maktab formasining nimchasini yoki kostyumini, ko‘ylakning yengi uzun yoki kalta shaklini ixtiyoriy ravishda kiyishlari mumkin. Shuningdek, qishki o‘qish davrida o‘quvchi qizlarga yagona maktab formasiga mos shim kiyishga ruxsat beriladi", – deb belgilangan.

To Top ↑
To Top ↑