O'zbekistondagi 10-sinf o'quvchilari uchun nashr etilgan rus tili darsligida kazino reklamasi joylashtirilgani ma'lum bo'ldi. Bu haqda Repost nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, darslikning 107-sahifasida QR-kod mavjud va u skaner qilinsa, o'tilgan mavzu bo'yicha tayyorgarlik ko'rish haqidagi ko'rsatmalar chiqishi kerak bo'lgan. Ammo bu QR-kod kazino saytiga "olib borgan".
Mas'ullar hozircha rasmiy izoh berishmagan.
Ma'lumot uchun: 2023-yil O'zbekistonda "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" deb nomlangan va shunga mos ravishda 2023-2024 o'quv yilida darsliklar "ilg'or xorijiy tajriba asosida" chop etilishi ta'kidlangan edi.