Prezident yordamchisi Saida Mirziyoeva xorijiy mamlakatlardan taklif etilgan pedagoglar bilan uchrashdi. Bu haqda u o`z sahifasida yozib qoldirdi.
Ular hamkorlik bo`yicha yo`l xaritasini ishlab chiqqan.
“Ilmli, o`ziga ishongan, munosib avlodni tarbiyalashni maqsad qilgan ekanmiz, bizga ikkita narsa: ona tilimizga muhabbat va xorijiy tillarni puxta o`rganish kerak.
Chet tilini bilish – dunyo sarhadlari, global axborot eshiklarini ochish, yangi bilimlarni egallash kalitidir.
Bugun xorijiy mamlakatlardan taklif etilgan pedagoglar bilan uchrashib, hamkorlik bo`yicha yo`l xaritasini ishlab chiqdik. Bu ingliz, nemis, frantsuz va boshqa tillarni o`rgatuvchi besh yuzdan ziyod malakali o`qituvchilar demakdir.
Bolalarimiz eng yaxshi ustozlardan saboq olish, o`qituvchilarimiz zarur mahorat darslarida o`z bilimini oshirish imkoniga ega bo`ladilar, mamlakatimizda esa hech qanday chegara bilmaydigan bilimli avlod etishib chiqadi.
Yoshlar ta'limiga sarmoya – yanada yaxshiroq kelajak uchun sarmoyadir”, — deya yozib qoldirgan Saida Mirziyoeva.