Mamlakatni kelgusi davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini nazarda tutuvchi hujjat hisoblanadigan Byudjetnoma O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra, byudjet mablag‘lari davlat idoralari o‘rtasida quyidagicha taqsimlanadigan bo‘ldi (Asosan ta’lim, salomatlik va bolalarga oid tashkilotlar keltirilgan, to‘liq ro‘yxat bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin):
1. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi — 46 trln 647 mlrd 414,5 mln so‘m (O‘tgan yilgi xarajatlar — 26,7 trln);
2. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi — 6 trln 130 mlrd 330 mln so‘m (6 trln);
3. Sog‘liqni saqlash vazirligi — 4 trln 587 mlrd 244,7 mln so‘m (3,66 trln);
5. Yoshlar siyosati va sport vazirligi — 1 trln 768 mlrd 859,2 mln so‘m (1,219 trln);
44. Bolalar ombudsmani — 2 mlrd 271,9 mln so‘m;
45. “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi — 733,4 mln so‘m;
46. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi — 9 mlrd 114,5 mln so‘m;
Byudjet mablag‘larining eng katta qismi ta’lim sohasiga yo‘naltirilgan bo‘lib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga 46,6 trln so‘m, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga esa 6,1 trln so‘m ajratilgan.