O'rta-maxsus ta'lim
9-sinfga o’tdim. O’rtoqlarga vaqt kamaydi. Muhit qidirib maktab, keyin litsey almashdi. Uyg’onaman, dars qilaman. Maktabdan chiqaman, repetitorga boraman.
8-sinfgacha tutgan daftarlarimdan ko’ra, oxirgi uch yilda ko’proq daftar to’ldirdim. Uy, repetiror, litsey. Shu yillarda boshqa birorta xotiram yo’q. Mevasi uzoq kuttirmadi. Kontraktga 10:1, byudjetiga 30:1 bo’lgan tibbiyot institutga grantga qabul qilindim. Institut darslari oson tuyulganidan, vaqtim ortib qolib, ingliz, nemis tillarini o’rganardim. Til bilishim keyinchalik repetitorlik, o’quv markazi, hozir esa maktablarga ulanib ketdi. Keyinchalik bo’sh vaqtim yana ham ko’p bo’ldi. Lekin hecham o’sha paytdagichalik dars qila olmadim.
Uch yilni mazza qilib o’tkazib, o’n yilni qiynalib o’tkazayotganlarni ko’rayapman.
Uch yilida bosib o’qib, keyingi o’n yilni oson o’tkazayotganlarni ko’rayapman.
Shu uch yil keyingi o’ttiz yilni hal qiladi, g’animat biling.
Aziz Rahimov