O'rta-maxsus ta'lim
Farzandlari, o`zi va jamiyatning kelajagiga befarq bo`lmagan har qanday ota-ona farzandining yaxshi ta'lim olishini istaydi. Buning uchun esa bolani avvalo yaxshi ta'lim-tarbiya beriladigan maktabda o`qishi alohida ahamiyatga ega.
Sifatli ta'lim haqida gap borganida esa umumiy o`rta ta'lim maktablari, ixtisoslashtirilgan va xususiy maktablardagi imkoniyat hamda ta'lim tizimini to`g`ri baholash muhimdir.
Bugun esa sizlarga mamlakatimizda o`z o`rniga ega, sifatli va zamonaviy ta'lim tizimi asosida o`quvchilarga ta'lim-tarbiya berib kelayotgan Registon xususiy maktabidan tayyorlangan fotoreportajni taqdim etamiz. Ushbu fotosuratlar maktabdagi imkoniyat va ta'lim jarayonlari haqida kichik bo`lsa-da taassurot hosil bo`lishi uchun xizmat qiladi degan umiddamiz.