x

O'rta-maxsus ta'lim

Daniyaning Horsenz gimnaziyasida ingliz tilidan dars berib kelayotgan Mette Molgard Peterson ChatGPT ishga tushirilganidan bir necha hafta o`tib, ba'zi o`quvchilar uyga vazifalarni aynan ushbu sun'iy intellekt yordamida bajarayotganini payqagan.

“Shuni aytishim mumkinki, o`quvchilar ChatGPT dan osongina foydalanishadi. Bu esa ularning bilim olishiga halaqit beradi. Ular hech o`ylamasdan savol yoki topshiriqni yozishadi va sun'iy intellekt bergan javobni menga topshirishadi. Lekin agar undan foydalanish usuli o`zgartirilsa, bu yangi darajadagi o`rganish vositasiga aylanishi mumkin”, — degan o`qituvchi.

Aynan shu fikrlarni bildirgan Peterson o`quvchilar uchun ChatGPT ni taqiqlash o`rniga undan foydalanish dasturini ishlab chiqishni afzal ko`rdi.

Maktablar bolalardan smartfon yoki noutbukini olib qo`yib vazifa bajartirish foydasiz ekanini, sun'iy intellektdan boshqa usullar bilan ham foydalanish mumkinligini hisobga olgan va topshiriqlar va testlarni qog`ozga yozilgan holda topshirishni tashkil etgan. Shuningdek, ba'zi o`qituvchilar test natijalari bilan cheklanmasdan, har bir topshiriqning qanday bajarilgani haqidagi qoralamalarni ham o`quvchilardan talab qilmoqda. Maktab ma'muriyati yana shuni eslatadiki, bundan maqsad vazifalarni ChatGPT yordamida bajarayotgan o`quvchilarni aniqlab, chora ko`rish emas, aksincha har bir o`quvchi sun'iy intellektga ishonib qolmasdan bilimga ega bo`lishidir.

Darhaqiqat, bugungi rivojlangan zamonda hamma ham topshiriqlarni osongina ChatGPT yordamida bajarishni afzal ko`radi. Ammo bu insonning, ayniqsa, o`quvchilarning yangi bilimlarni egallashiga to`sqinlik qilishi mumkin.

 

To Top ↑
To Top ↑