x

Britaniyalik o`n bir yoshli Elliot ismli bolakay bu yil o`rta maktabga ko`chib o`tishi kerak edi. Ammo hukumat ma'lum bir turdagi betondan qurilgan maktab binolari yopilishi haqida qaror chiqargani sababli bu kabi maktablarda ta'lim onlayn shaklga o`tkazilgan.

Elliot har kuni tongda turib, maktabga otlanish o`rniga onasining noutbuki orqali olti soat davomida onlayn darslarda qatnashadi. Uning aytishicha, dars davomida hech kim kameralarini yoqmaydi va faqatgina o`qituvchi gapiradi.

“Men o`zimni odamlardan izolyatsiya qilingandek his qilyapman. Tanaffus vaqtida o`rtoqlarim bilan o`ynash o`rniga o`z yotog`imda YouTube ko`rish bilan o`tkazaman”, — deydi Elliot.

Yolg`iz futbol o`ynayotgan Elliot

Bolakayning onasi Amanda farzandi tezroq do`stlari bilan maktabga borishni istayotganini va odatdagidek darslarda qatnasha olmaslik unga salbiy ta'sir qilayotganini ta'kidlagan.

Rahbariyat esa ikkinchi yarim yillikdan boshlab bolalar maktabda odatdagidek ta'lim olishlari mumkinligini bildirgan.

14 sentyabr' kuni e'lon qilingan ma'lumotga ko`ra, mamlakatdagi 174 ta maktab ana shunday sabab bilan yopilgan. Ya'ni ushbu maktablarda RAAC xomashyosidan foydalanilgan. Bu xomashyo esa betonning arzonroq muqobili bo`lib, ishlab chiqarish tezroq va undan foydalanish osonroq. Ammo u taxminan 30 yilga bardosh beradi.

Biroq Britaniyadagi maktablarda bundan boshqa “bosh og`riqlari” ham etarli. Mamlakatdagi mas'ul tashkilotning iyun' oyidagi hisobotiga ko`ra, Angliyadagi 700 mingga yaqin bola ta'mirga muhtoj, eski maktablarda o`qiydi.

To Top ↑
To Top ↑