x

O`zbekistonlik maktab o`quvchilari Singapurda bo`lib o`tgan First Global Challenge robototexnika chempionatida bronza medalini qo`lga kiritishdi.

“Biz Singapurga kuchli jamoani olib keldik, ular qisqa vaqt ichida xalqaro chempionatga a'lo darajada tayyorgarlik ko`rishdi. O`zbekistonda robototexnika yildan-yilga jadal rivojlanmoqda”, — deya o`z taassurotlari bilan o`rtoqlashdi jamoa ustozi Safina Teshabayeva.

First Global Challenge — har yili turli mamlakatlarda o`tkaziladigan robototexnika bo`yicha jahon chempionati hisoblanadi. Bu yilgi chempionatda 191 davlatdan vakillar ishtirok etishdi. Terma jamoamiz bu musobaqada ishtirok etish uchun 100% grant yutib olgan.

Terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:

1. Shukrullo Sodiqov – Buxoro shahri,

2. Mahkambek Teshabayev – Toshkent shahri,

3. Nazarboy Rahmonov – Toshkent shahri,

4. Abdulaziz Mirahmedov – Toshkent shahri,

5. Aydar Ermuxon – Toshkent shahri.

Ma'lumot o`rnida: O`zbekiston terma jamoasi ushbu chempionatda ikkinchi yil ishtirok etmoqda.

To Top ↑
To Top ↑