O'rta-maxsus ta'lim
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Iste'dodli yoshlarni qo`llab-quvvatlash "Ulug`bek" jamg`armasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan"Mirzo Ulug`bek" onlayn maktabining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
Unda vazir o`rinbosari Uzoqboy Begimkulov va Jamg`arma raisi Oqil Salimov ishtirok etib, onlayn maktabning ahamiyati va kutilayotgan natijalar haqida so`z yuritishdi.
Ma'lumot o`rnida: onlayn maktab doirasida hozirda test-sinov tariqasida 3 ta tog`li va chekka hududdagi maktablar tanlab olindi. Bular Jizzax viloyati, Forish tumani 7-sonli, Samarqand viloyati Qo`shrabod tumani 70-sonli va Surxondaryo viloyati Denov tumani 62-sonli maktablardir.
Mazkur maktablarda yuqori sinf o`qivchilari matematika va ingliz tili fanlaridan qo`shimcha ta'lim olishadi.
Ushbu onlayn maktabni tashkil qilishdan maqsad Respublikaning chekka hududlari va tog`li joylarda ta'lim sifatini oshirish hamda ushbu hududlarda istiqomat qilayotgan iste'dodli yoshlarni qo`llab-quvvatlashdan iborat.
Mazkur loyiha test-sinov jarayonida ijobiy natijalar olingandan so`ng Respublikaning boshqa tog`li va chekka hududlaridagi ta'lim muassasalariga joriy etilishi rejalashtirilgan.