“2024 – 2027 yillarda maktabdan tashqari ta'limni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida”gi prezident qarori loyihasi e'lon qilindi.Quyidagilar maktabdan tashqari ta'lim tizimini 2023-2027 yillarda yanada rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilanadi:“Barkamol avlod” bolalar maktablari va uning tarmoq to`garaklariga umumta'lim maktablari o`quvchilarining 50 foizini qamrab olish chorasini ko`rish;o`quvchilar orasida xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirishga sharoit yaratish maqsadida 1500 ta xorijiy til to`garaklarini tashkil etish;“STYeAM - ta'lim” dasturi asosida o`tkaziladigan mashg`ulotlarga xususiy sektorni jalb qilish orqali to`garak a'zolari sonini 2 baravarga oshirish;100 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablarida bosqichma-bosqich “STYeAM - ta'lim” laboratoriyasini tashkil etish;
maktablar faoliyatini raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish;o`quvchilarga turizm salohiyati yuqori bo`lgan hududlardagi turizm obektlari bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan onlayn turizm-virtual maydonlarini tashkil etish.Belgilanishicha:a) 2024 yil 1 yanvardan tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi 1 shtat birlik uslubchi lavozimini qisqartirish hisobiga 1 shtat birlikda buxgalter shtati joriy etiladi.
Bunda, 2024 yil 1 yanvardan boshlab tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktablariga markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan xizmat ko`rsatish to`xtatiladi
2024 yil 1 fevraldan boshlab:
"Barkamol avlod” bolalar maktablari to`garak a'zolarining IT-ta'lim xizmatlarini ko`rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yo`naltirish bo`yicha startap loyihalarini qo`llab- quvvatlash uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Yosh tadbirkorlarni qo`llab- quvvatlash jamg`armasi mablag`lari doirasida har yili 200 mln so`mgacha bo`lgan grantlar ajratiladi.
2024 yil 1 yanvardan boshlab har bir yo`nalish bo`yicha xalqaro tadbirlarda g`olib bo`lgan "Barkamol avlod" bolalar maktablari to`garak a'zolari mahalliy budjetning qo`shimcha manbalari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlash tavsiya etiladi:
1-o`rin uchun - 20 baravarida;
2-o`rin uchun - 15 baravarida;
3-o`rin uchun - 10 baravarida;
laureat uchun - 8 baravarida.