O'rta-maxsus ta'lim
Maktablarda xavfsiz muhitni yaratishga, o`quvchilarga nisbatan jismoniy xavf-xatarlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida shahar-tuman markazlaridagi barcha ta'lim muassasalariga «tashvish» tugmalari va videokuzatuv moslamalari o`rnatilgan va Milliy gvardiya qo`riqloviga olingan.
Bu haqda Milliy gvardiya qo`mondoni Rustam Jo`rayevning mamlakat aholisiga murojaatida ma'lum qilinadi.
«Kelgusida ham ta'lim muassasalarining qo`riqlov tizimini takomillashtirish borasida «Havfsiz ta'lim» kontseptsiyasi joriy etilib, bu sohada keng ko`lamli ishlarni davom ettiramiz», – deydi general-mayor Jo`rayev.
Shuningdek, murojaatda bozorlar, istirohat bog`lari va xiyobonlardagi savdo ob'ektlari individual qo`riqlash bo`yicha signalizatsiya vositalari hamda ular joylashgan hududlar ham «tashvish» tugmalari bilan bosqichma-bosqich jihozlanishi aytiladi. Shu tariqa davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda «Havfsiz bozor», «Havfsiz dam olish maskani» kontseptsiyalarini hayotga tatbiq etilishi ta'kidlanadi.