x

Maktabgacha ta'lim

Buyuk Britaniyaning Lids universiteti olimlari boshlang`ich sinf o`quvchilarining otalari farzandlari bilan dars tayyorlasa ularning o`quv natijalari yuqori bo`lishini aniqlashdi. Otasi bilan muntazam birga dars qiladigan, turli o`yinlar o`ynaydigan, kitob o`qiydigan va rasm chizadigan bolalar o`z tengdoshlariga qaraganda o`zlashtirishi ijobiy ekanligi aniqlandi. 

Ushbu tadqiqotda 4966 oila ishtirok etdi. Tadqiqotchilar maktabda o`tkazilgan test sinovlarini tahlil qilib, bolalarning o`quv faoliyati to`g`risida ma'lumotlarni to`pladilar. Aniqlanishicha, yaxshi baho olgan birinchi sinf o`quvchilarining otalari e'tiborli bo`lib, ular bolalarni uch yoshdan boshlab ta'limiy o`yinlarga, o`qish va musiqa darslariga jalb qiladilar, degan xulosaga kelishdi. Bundan tashqari, otalar bolalari besh yoshligidan ta'lim olishida ishtirokchi bo`lsa, o`quvchilarning etti yoshda yaxshi o`qishga hissa qo`shishi aniqlandi.  

Tadqiqotchilar, shuningdek, onaning ishtiroki bolaning ta'limdagi yutuqlaridan ko`ra, uning hissiy va ijtimoiy xulq-atvoriga ko`proq ta'sir qilishini qo`shimcha qildi.

To Top ↑
To Top ↑