Bolalarni maktabga qabul qilish uchun zarur bo`lgan hujjatlarni topshirish muddati o`zgarishi mumkin, deb xabar beradi Kazinform.
Bu haqda Ashyq NHA portalida e'lon qilingan QR Ta'lim-maorif vazirligi buyrug`i loyihasida yozilgan.
“Birinchi sinfga qabul qilingan bolalarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillaridan hujjatlarni qabul qilish joriy o`quv yil 1 apreldan boshlab amalga oshiriladi”, — deyiladi hujjatning yangi tahririda.
Eslatib o`tamiz, amaldagi talabga ko`ra, birinchi sinfga boradigan bolalardan hujjatlarni qabul qilish 1 apreldan 1 avgustgacha davom etadi. Endi avgustdan keyin ham davom etishi mumkin. Chunki, oldin belgilangan tugatish vaqti olib tashlanadi.
Bundan tashqari, 10, 11, 12-sinflar uchun o`quvchilardan hujjatlarni qabul qilish muddati o`zgaradi.
“O`ninchi, o`n birinchi, o`n ikkinchi sinflarga o`quvchilarni qabul qilish ularning shaxsiy arizasi yoki ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillarining arizasi hamda asosiy o`rta ta'lim to`g`risidagi davlat namunasidagi hujjat asosida amalga oshiriladi. Ariza kalendar' yilining 31 avgustigacha qabul qilinadi”, — deyiladi Halq ta'limi vazirligi buyrug`i loyihasida.
Amaldagi qoidalarga ko`ra, ushbu sinflarga bolalardan hujjatlarni qabul qilish 15 avgustda tugaydi.
Endi uning muddati 31 avgustga qadar uzaytiriladi.
Mazkur hujjat 3 oktyabrgacha jamoatchilik muhokamasi uchun ochiq bo`ladi.