x

Qorabog`ning Fuzuliy tumanida 15 sentyabr kuni O`zbekiston prezidenti tashabbusi bilan barpo etilgan Mirzo Ulug`bek nomidagi 1-umumta'lim maktabida ilk qo`ng`iroq chalindi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Ma'ruzalarda Fuzuliyda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, birinchi xonim Mehribon Aliyeva, O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va uning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoeva tomonidan ochilgan Mirzo Ulug`bek nomidagi 1-son umumiy o`rta ta'lim maktabida o`quv yilining boshlanishi turk dunyosi qardoshligini namoyon etuvchi ramziy ma'noga ega ekanligi ta'kidlandi. 

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan O`zbekiston xalqi nomidan sovg`a sifatida Fuzuliyda bunyod etilgan maktab 960 nafar o`quvchiga mo`ljallangan. O`tgan yili boshlangan qurilish ishlari yuqori sifatda amalga oshirilgan. Maktab binosi uch gektar maydonda qurilgan bo`lib, ikki qavat va erto`ladan iborat. Maktabda 40 ta o`quv xonasi, 6 ta laboratoriya, 2 ta informatika xonasi, 5 ta funktsional sinf, 500 o`rinli majlislar zali, sport zali, 320 o`rinli ovqatlanish xonasi va kutubxona mavjud. 

Maktab hududida futbol maydoni, dam olish va tadbirlar uchun maxsus joylar, yugurish yo`laklari, ayvoncha, nazorat punkti, qozonxona, suv inshootlari, elektr uzatish tarmog`i qurilgan. Yangi o`quv yilida maktabning 11 sinfida 160 nafar o`quvchi tahsil oladi, professor o`qituvchilar tarkibi 15 nafar o`qituvchidan iborat.

To Top ↑
To Top ↑