O`zbekistonda 2023/2024-o`quv yilida 732 mingdan ortiq maktab yoshidagi bolalar 1-sinfga o`qishga borgan.
Hozirda O`zbekistonda 10 ming 296 ta maktab faoliyat yuritmoqda. Yangi o`quv yiliga, 1-sinfga qabul jarayonlari 20 iyundan boshlangan. Avvalroq Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 2023/2024-o`quv yili boshlanishi munosabati bilan bog`chalarda “Salom, bog`cha”, maktablarda “Birinchi qo`ng`iroq”, “Mustaqillik darsi” tadbirlarini o`tkazish bo`yicha tavsiya hamda namunaviy stsenariy ishlab chiqqandi.
Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori Vohid Hamidovga ko`ra, endi har bir o`quvchining qiziqishidan kelib chiqqan holda o`qish davom ettiriladi. Bunga qadar 1-sinfdan 11-sinfgacha bo`lgan o`quvchilar bir xil ta'lim dasturi asosida bilim olgan.