Maktabgacha ta'lim
2023 yilning avgust oyi holatiga ko`ra respublikamizda jami 30 792 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati yo`lga qo`yilgan bo`lib, ularning 6 734 tasi davlat va 24 058 tasi nodavlat (789 ta xususiy, 21 941 ta oilaviy va DHSh asosidagi 1 328 ta nodavlat MTT) maktabgacha ta'lim tashkilotlaridir.
Shuningdek, MTTlarda 2 111 487 nafar yoki 72 foiz bolalar maktabgacha ta'limga qamrab olingan bo`lib, shundan 647 655 nafar 6 yoshli bolalarning 563 331 nafari 2023-2024 o`quv yilida maktabga chiqadiganlarni tashkil etadi.
Ushbu ko`rsatkichlar 2022-yil bilan solishtirilganda, jami MTTlar soni 1372 taga oshganini ko`rishimiz mumkin (2022-yilda 29 420 MTT faoliyat yuritgan, shundan 6 598 ta davlat, 22 822 ta nodavlat, ya'ni 833 ta xususiy, 1 313 ta DHSh asosidagi hamda 20 676 oilaviy MTT).