Maktabgacha ta'lim
Halq ta'limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246-son buyrug`iga ko`ra ota-onalarga quyidagi talablar belgilangan.
- ta'lim muassasasi ichki tartib qoidalari bilan tanishish;
- o`qituvchi sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi, dars jarayonlarida aralashmasliklari, pedagoglarni haqorat qilmasliklari;
- farzandini dars jarayonida ta'lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini nazorat qilish;
- farzandini darslarga to`liq qatnashishini (davomat) hamda fanlar bo`yicha ish daftarlari va ta'lim olishi uchun zarur bo`lgan boshqa barcha jihozlar bilan ta'minlash;
- farzandini muassasaga darslik, o`quv qurollari bilan kelishini ta'minlash;
- farzandining ta'lim olishiga to`sqinlik qilmaslik, uning ta'lim muassasasiga o`z vaqtida kelishi, darsdan keyin farzandini bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
- sinf rahbari va fan o`qituvchilari bilan farzandining xulqi va davomati yuzasidan aloqada bo`lish;
- farzandi darslarga kelmay qolishi mumkin bo`lgan paytlarda ta'lim muassasasiga (sinf rahbariga) uning sabablarini bildirgan holda ma'lum qiladi;
- ta'lim muassasasining taklifiga asosan muassasada o`tkaziladigan ota-onalar yig`ilishi, suhbat va turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda ishtirok etish.