x

Joriy yilning 1 oktyabrdan boshlab nodavlat bog`cha va maktablarga litsenziya berish talablari engillashtiriladi.

Qayd etilishicha, nodavlat maktabgacha va umumiy o`rta ta'lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda o`qituvchilarning toifalari hamda bitta sinfda ta'lim oluvchilarning maksimal soniga qo`yilgan talablar engillashtiriladi.

Nodavlat maktabgacha, umumiy o`rta va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlariga sport zalni ularga ijara va tekin foydalanish huquqi asosida tegishli bo`lgan hamda belgilangan talablarga javob beradigan binolarda ham tashkil etishga ruxsat etiladi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda uning hududiy bo`linmalari tomonidan nodavlat ta'lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.

 

 

To Top ↑
To Top ↑