Mahalliy yangiliklar
Juma – “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘iboti kuni” munosabati bilan hamda “Diqqat, piyoda” tadbiri doirasida olis Navoiy viloyatining Tomdi tumani hududidagi bog‘chalarda bolalar ishtirokidagi avtohalokatlarning oldini olish maqsadida targ‘ibot tadbirlari olib borildi. Tadbir qatnashchilariga amaldagi “Yo‘l harakati qoidalari”, yo‘lning qatnov qismidan xavfsiz kesib o‘tish talablari o‘rgatildi.
Bolajonlarning yoshi va qiziqishlarini inobatga olib, profilaktik tadbirlar o‘yin shaklida ko‘rgazmali vositalar yordamida interfaol usullar orqali olib borildi. Ularga yo‘l belgilari, xizmat avtomashinasi, tartibga soluvchining ishoralari ko‘rsatib berildi.
Mavzu bo‘yicha savol-javoblarda faol ishtirok etgan bolajonlarga rag‘batlantirish tariqasida shirinliklar tarqatildi.
Avvalgi maqolalarimizda bolalarning yo‘l-transport hodisasi qurboniga aylanayotgani masalasiga to‘xtalib, bu kabi ko‘ngilsizliklarning oldini olish uchun ularga bolalikdan yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish kerakligini ta’kidlagan edik. Bu kabi tadbirlar ana shunday mudhish hodislarning oldini olishda muhim ahamiyatga egaligini e’tirof etiz lozim.