Ayni daqiqalarda O`zbekiston Liberal Demokratmk Partiyasi S'ezdi bo`lib o`tmoqda. Unda prezidentlikka nomzodi ko`rsatilgan Shavkat Mirziyoev o`zining saylovoldi dasturi bilan tanishtirmoqda. U 5 ta strategik maqsaddan iborat.
Jumladan, birinchisi — har bir insonga o`z salohiyatini ro`yobga chiqarish uchun munosib sharoit yaratish. Ya'ni bu borada quyidagi ishlar amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
– Eng avvalo, 2030 yilga qadar maktabgacha ta'limga bo`lgan ehtiyoj to`liq qoplanadi va qamrov 100 foizga etkaziladi.
– Bog`cha va maktablar fil'trlangan ichimlik suvi bilan to`liq ta'minlanadi.
– Kelgusi 7 yilda maktablarda qo`shimcha 2,5 million o`quvchi o`rni yaratish zarur. Shu maqsadda, “Yiliga 500 ming o`quvchi o`rni” dasturi amalga oshiriladi.
– Hususiy ta'limga qo`shimcha engilliklar beriladi.
– Davlat-xususiy sheriklik asosida maktablar qurish keng joriy etiladi.
– Boshlang`ich sinf o`quvchilari ta'lim planshetlari bilan to`liq ta'minlanadi.
– Chekka hududlarimizda maktab avtobuslari bepul yo`lga qo`yiladi.
– Kelgusi etti yilda barcha maktablarga chet ellardan “til egalari” bo`lgan o`qituvchilar olib kelinadi.