x

Yangihayot tumanidagi 122-sonli bog`chaga amaliyot o`tash uchun kelgan kollej o`quvchisi uxlamagan bolalarning tanasiga igna tiqib olgani aniqlandi. U amaliyotdan chetlatildi, holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi bog`chada bolalarning oyog`iga uxlamaganlik uchun igna tiqilayotgani aytilgan video tarqaldi. Poytaxt maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi holat 122-sonli DMTTda sodir bo`lganini bildirib, voqea tafsilotlarini ma'lum qildi.

Videoda tarbiyalanuvchilardan birining onasi o`g`lining dumg`aza qismiga igna sanchilganini aytgan.

Aniqlanishicha, pedagogika kolleji o`quvchisi R.M. amaliyotini o`tash uchun tumanning «Oriyat» MFYda joylashgan 122-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga 11 may kunidan 4-sonli kichik guruhga qabul qilingan.

U 26 may kuni shu guruhdagi tarbiyalanuvchilar uxlamagani sababli 2−3 nafariga igna tiqib olgan. Hozirda talaba amaliyotdan chetlatilgan.

Holat yuzasidan tuman IIO FMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Dilmurod TILOVOV tayyorladi

To Top ↑
To Top ↑