x

Joriy yilning 4 may kuni Horazm viloyat Honqa tuman maktabining 1962 y.t. rus tili o`qituvchisi B.R. darslar paytida 3-sinfda o`qiydigan ikki nafar o`quvchi qizlarni orqasi, elkalari, qo`llari, qornini ushlab, yubkasini ostiga qo`lini tiqib, siladi.

⠀Qizlar bu haqda ota-onalariga aytishadi, ular esa o`z navbatida huquqni himoya qilish organlariga murojaat qiladi. Tergov Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeks 41-1 moddasi bilan ish qo`zg`atadi. Vaholanki bunday ishlar uchun doimo Jinoyat kodeksi 129-moddasi qo`llanilardi.

⠀Noto`g`ri kvalifikatsiya na tergovchilar, na sud'yani hayron qoldirmadi. Sudlanuvchi aybini tan olmadi va shunchaki qizlarni yaxshi o`qigani uchun elkalarini qoqqanini pesh qiladi. Lekin to`plangan ma'lumotlar qizlarning gapini tasdiqladi. Ya'ni tergov va sud pedagog kichik yoshdagi qizlarni intim a'zolarini ushlaganini bildi va buni og`irlashtiruvchi holat deb topmadimi? Bunday jinoyatlar JK 129-moddasi 2-qismi "b", "v" va "j" bandlari bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.

⠀Buning uchun jazo esa 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki o`qituvchilik faoliyati bilan shug`ullanishni taqiqlagan holda 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutishi kerak. MJtK 41-1-moddasi bo`yicha maksimal jazo 10 sutka ma'muriy qamoq jazosini nazarda tutadi, va u bolalar bilan ishlashda davom etishi mumkin. 2023 yilning 25 may kuni sud'ya Hamrokulov S. B.R. ga 5 sutka ma'muriy qamoq jazosini tayinladi.⠀

Jinsiy tegajog`lik haqidagi modda 16 yoshdan yuqori bo`lgan shaxslarni himoya qilish uchun kiritilgan edi, negaki bungacha qaonun faqat yosh bolalarni himoya qilardi. Bolalarga nisbatan esa 129-modda qo`llanilishi shart. Hotin-qizlar va bolalarni himoya qilish to`g`risidagi qonunni zo`ravonlarga jazoni engillashtirish uchun qo`llanilgani hafa qiladi. Biz buning uchun kurashganimiz yo`q. 

Ishni qayta kvalifikatsiya qilishlarini talab qilamiz, zo`ravon o`z qilmishi uchun to`liq jazolansin!

To Top ↑
To Top ↑