Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining oliy ma'lumotli pedagog xodimlarining maoshi oshiriladi
2023-yil 1-iyundan boshlab umumiy o`rta ta'lim muassasalarining byudjetdan tashqari jamg`armalari mablag`larini shakllantirish va ulardan foydalanish bo`yicha belgilangan tartib maktabgacha ta'lim tashkilotlari va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari uchun ham tatbiq etiladi;
2024 yil 1-yanvardan boshlab markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati xodimlarining bazaviy tarif stavka miqdorlari 1,5 baravarga oshiriladi;
2024-yil 1-iyundan boshlab davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining oliy ma'lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o`rta ta'lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtiriladi.