x

Samarqanddagi bog`chalarning birida tarbiyachi bolalarga psixologik bosim o`tkazayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi malum qildi.

Aniqlanishicha, ushbu holat joriy yilning 4 may kuni Samarqand shahridagi 38-davlat maktabgacha ta'lim muassasasida sodir bo`lgan.

Ushbu bog`chaning 2-katta guruhi tarbiyachisi M.Ya. mashg`ulot paytida hojatxonaga borishni so`ragan bolaga qo`pol muomalada bo`lgan.

Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mutasaddilari psixolog ishtirokida tarbiyachi bilan suhbat o`tkazilib, pedagogning odob-axloq qoidalari tushuntirilgan va qat'iy ogohlantirilgan.

Shundan so`ng tarbiyachi M.Ya.ga tashkilot ichki tartib qoidalariga amal qilmagani hamda ish jarayonida kamchiliklarga yo`l qo`ygani uchun Mehnat kodeksining tegishli bandlariga ko`ra intizomiy jazo chorasi qo`llanilgan.

Dilmurod TILOVOV tayyorladi

To Top ↑
To Top ↑