Ota-onalar uchun farzandlarning tengdoshlari tomonidan zo`ravonlikka uchraganini aniqlash va bunday holatlarga qarshi kurashish bo`yicha bir qancha foydali maslahatlarni e'lon qildi.
Tengdoshlar tomonidan bolalarni masxara qilish va haqoratlash azaldan maktab hayotining bir qismi bo`lib kelgan va yillar davomida bu hodisaning ko`lami faqat ortib bormoqda. G`arbda buni odatda bezorilik deb atashadi.
Ko`pgina ota-onalar maktab o`quvchilarining tamaki, sipitli ichimliklar va giyohvand moddalarni iste'mol qilishini jiddiy muammo sifatida qabul qilishmaydi. Biroq buning oqibati og`ir va juda uzoq davom etishi mumkin. Ko`pchilik bolalar maktabga borishdan ataylab qochishadi, chunki ular maktabda bezorilik holatlariga uchrashdan bezor bo`lishgan, bunday holatlar nafaqat zo`ravonlikka uchraganlar, balki zo`ravonlik qilganlarga ham salbiy ta'sir ko`rsatadi.
Maqola muallifining fikricha, maktablarda zo`ravonlikka uchragan bolalar odatda yomon o`qishni, o`ziga past baho berishni, depressiyani boshdan kechirishni hamda o`zini himoya qilish va zo`ravonlardan qasos ulish uchun tajavvuzkorlik namoyish etishni boshlaydi.
Boshqalarga zarar etkazadigan bezori bolalar esa yomon o`qish, tamaki va spirtli ichimliklarni iste'mol qilish va kelajakda bir qancha jinoyatlarni sodir etishga moyil bo`ladi.
Muallifning qo`shimcha qilishicha, ota-onalar bunday holatlarning oldini olishda muhim rol' o`ynaydi. Ular buning uchun nima qilishlari kerak?
— Bolalarni muammolarni konstruktiv, tajovuzkor bo`lmagan tarzda hal qilishga o`rgating, muvaffaqiyatga erishganlarida ularni maqtang;
— O`zini yaxshi tutganlarida ularni maqtang, bu ularga o`zlariga bo`lgan hurmatni oshirishga yordam beradi. Bolalar o`z nuqtai nazarini himoya qilishlari uchun o`ziga ishonchga muhtoj;
— Bolalardan maktabdagi kuni qanday o`tganini so`rang va ularning maktab muhiti, sinfdoshlari va muammolari haqida nima deyishlarini diqqat bilan tinglang;
— Bezorilikni jiddiy qabul qiling. Aksariyat bolalar xafa bo`lganliklarini aytishdan uyaladilar. Farzandingizga yordam berish uchun faqat bitta imkoniyatingiz bo`lishi mumkin;
— Agar kimdir xafa bo`layotganini ko`rsangiz, bolangiz bezori bo`lsa ham, bolani himoya qiling;
— Farzandingizni muhtojlarga yordam berishga undang;
— Hech kimni xafa qilmang. Agar bolalar uyda tahqirlansa, ular o`zlarining g`azabini boshqalardan oladilar. Farzandingiz birovni xafa qilayotganingizni, uni masxara qilayotganingizni yoki kimnidir g`iybat qilayotganingizni ko`rsa, u ham shunday qiladi;
— Maktabda zo`ravonlikka qarshi dasturlarni qo`llab-quvvatlang. Agar maktabda bunday dastur bo`lmasa, uni boshqa ota-onalar, o`qituvchilar va ko`ngillilar bilan birgalikda o`zingiz tashkil qiling.
Farzandingiz zo`ravonlik qurboni bo`lsa
Aksariyat bolalar haqorat qilinayotganini tan olishdan uyaladilar. Ular bu haqda hech kimga aytmasligi mumkin. Farzandingiz sizga yordam so`rab kelgan bo`lsa, buni jiddiy qabul qiling. Agar bola birinchi marta yordam so`rasa, lekin jiddiy qabul qilinmasa, ikkinchi marta u sizga murojaat qilmaydi.
Farzandingiz sizdan yordam so`ramasa, u zo`ravonlik qurboni ekanligini ko`rsatadigan quyidagi belgilarga e'tibor bering:
— Bola tushkunlikka tushib qoladi;
— Do`stlarini yo`qotadi;
— Yomonroq o`qishni boshlaydi;
— Ilgari zavqlangan mashg`ulotlariga qiziqishini yo`qotadi;
— Uyga kiyimlari yirtilgan va ifloslangan holatda kirib keladi;
— Tanasida jarohatlar paydo bo`ladi;
— Sizdan ko`proq cho`ntak puli so`rashni boshlaydi.
Shuningdek, maqolada aytilishicha, agar siz bolangiz zo`ravonlik qurboni bo`layotganidan xabar topsangiz, unga yordam berishingiz mumkin. Ota-onalar bolaning o`ziga bo`lgan ishonchini orttirishi mumkin bo`lgan asosiy shaxslardir. Shu sababli muallif ota-onalarga bunday holatlarda farzandga qanday yordam berish borasida quyidagi tavsiyalarni o`rtoqlashgan:
— Bolaning o`qituvchisi bilan gaplashing, huquqbuzarning ota-onasi bilan darhol ziddiyatga bormang. Agar o`qituvchi hech narsa qilmasa, direktor bilan bog`laning