x

Jahon yangiliklari

Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamg`armasi (YuNISYeF)ning ma'lum qilishicha, Ukrainadagi notinchliklar natijasida Yevropada Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik qochqinlar inqirozi yuzaga kelishi mumkin.

YuNISYeFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo`yicha mintaqaviy direktori Afshan Hon mamlakatda portlovchi qurollardan foydalanish Ukraina bolalari uchun falokatga aylantirishi mumkin.

“Albatta, bunday miqyosdagi qurolli janglarning bolalarga zarar etkazmasligi imkonsiz. Har qanday urushning oqibati ayanchli bo`lishi shubhasiz”, – degan janob Hon.

Shuningdek, mazkur mojaro aholining katta oqimda ko`chishiga ham sabab bo`lgani qayd etilgan. Tashkilotning bildirishicha, yarim millon bolalar allaqachon qo`shni davlatlarga qochib ketgan va ularning soni kundan-kunga ortib bormoqda.

To Top ↑
To Top ↑