x

Mahalliy yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda 3 yashar qizning o`lgani haqida videomurojaat tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo`ldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma'lumot berdi.

 

Kecha, 25 aprel' kuni fuqaro D.U. Ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilib, sinfdoshi Sh.G.ga voyaga etmagan farzandini enagalik qilish uchun topshirgani va bolasi uning xonadonida vafot etganini ma'lum qilgan.

 

Tekshiruv jarayonida murojaatchining farzandi voyaga etmagan S.U. erto`laga tushish zinasidan yiqilib tushgani, lekin o`rnidan turib yana o`ynab ketgani sababli Sh.N. uning onasiga bu haqda xabar bermagani aniqlangan. Shuningdek, enaga holat yuzasidan shifokorlarga ham murojaat qilmagan. 

 

Oqibatda S.U. soat 10:00 larda hushidan ketib yiqilgan va tez tibbiy yordam xodimlari kelguniga qadar vafot etgan.

 

Marhumaning o`lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 117-moddasi (“Havf ostida qoldirish”) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

 

Gumon qilinuvchi Sh.N. protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

To Top ↑
To Top ↑