“78.ru” saytiga ko`ra, Rossiyaning Leningrad viloyatida voyaga etmagan 13 yoshli qizni zo`rlaganlikda gumon qilinib o`zbekistonlik migrant qo`lga olingan.
Ma'lum qilinishicha, politsiyaga 42 yoshli ayol murojaat qilgan. U 14 aprel' kuni kechqurun Pervomayskoye qishlog`ining Sovetskaya ko`chasidagi uylardan birining atrofida noma'lum shaxs uning 12 yoshli qizini kaltaklagani va jinsiy tajovuz qilgani haqida xabar bergan.
Mamlakat Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan qidiruv olib borilib, jinoyat sodir etishda gumonlangan 24 yoshli O`zbekiston fuqarosi qo`lga olingan. U ayni paytda politsiya hibsxonasida saqlanmoqda.
Aytilishicha, jabrlanuvchining ahvoli qoniqarli holatda. U yopiq bosh miya jarohati, miya chayqalishi va badandagi bir qator ko`karishlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.