x

17 aprel kunidan boshlab Qozog`iston Respublikasining Ostona shahridagi maktablarda o`quv mashg`ulotlari kuchli qor bo`roni tufayli onlayn shaklga o`tkazildi. 

 

Malum qilinishicha, shahardagi maktablarning 1-11-sinf o`quvchilari, shuningdek, kollejning 1-2-bosqich talabalari noqulay ob-havo sharoiti tufayli masofaviy ta'limga o`tgan.

 

Shuningdek, Qozog`iston poytaxtida qor yog`ishi, qor bo`roni va shamolning kuchayishi 15-20 m/s gacha etgan. Ob-havo sharoitlari yomonlashgani sababli transport oqimlari va jamoat transporti tezligi pasaygan. Avtobus yo`nalishlarining intervallari ham kechiktirilgan.

 

Malumotlarga ko`ra, 17 aprel kuni Ostona va Qozog`istonning 14 viloyatida qor bo`ronlari haqida ogohlantirish e'lon qilingan.

 

To Top ↑
To Top ↑