x

Mahalliy yangiliklar

enatning o`ttiz to`qqizinchi yalpi majlisi davom etmoqda. Senatorlar “Hotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonunni ko`rib chiqishdi.

Mazkur qonun bugungi kunda xotin-qizlar hamda voyaga etmaganlarga nisbatan sodir etilayotgan turli xil zo`ravonlik holatlariga nisbatan qat'iy jazo choralarini belgilash bilan bir qatorda bunday salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan.

Qonun bilan “oilaviy (maishiy) zo`ravonlik” ya'ni xotiniga yoki eriga, sobiq xotiniga yoxud sobiq eriga, bir ro`zg`or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo`lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan zo`rovonlik uchun tegishincha ma'muriy hamda jinoiy javobgarlik choralari belgilanyapti. Shuningdek, endilikda jinsiy zo`ravonlik, shu jumladan, voyaga etmaganlarga nisbatan jinsiy zo`ravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni engilrog`i bilan almashtirish tariqasidagi insonparvarlik aktlari tatbiq etilmasligi belgilanib, bunday jinoyatlar uchun jazo choralari yanada og`irlashtirilmoqda.

Bundan tashqari, xotin-qizlarga nisbatan shahvoniy mazmundagi harakatlar sodir etganlik, ta'qib etganlik hamda ota-ona o`z voyaga etmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash borasidagi majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilanyapti.

Bolalar va ayollarga nisbatan zo`ravonlik masalasining bugun qanchalik dolzarb ekanligini ortiqcha izohlash, asoslashga hojat yo`q. Olib borilgan keng ko`lamli tahlilning ayrim ma'lumotlariga e'tiboringizni qaratmoqchiman. 2021-2022 yillarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ayollar va qizlarga nisbatan tazyiq va zo`ravonlik holatlari yuzasidan 72 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan bo`lib, ularning qariyb 61 mingdan ko`pi yoki qariyb 85 foizi oilada sodir etilgan.

Biroq, afsuski, shu kungacha O`zbekistonda oiladagi zo`ravonlik bo`yicha javobgarlikka tortuvchi alohida norma bo`lmagan. Yoki xotin-qizlar va bolalarga nisbatan yon-atrofimizda ro`y berayotgan mudhish va jirkanch jinoyatlarni olaylik. 2020 yilda 156 ta, 2021 yil 243 ta nomusga tegish jinoyati sodir qilingan. Yangihayot tumanida 12 yoshli qizning zo`rlanishi va o`ldirilishi, Horazmdagi bolalar uyi, Sergeli tumanida ona 3 nafar farzandi bilan birga yuqori qavatdan sakrashi...

Hulosa shuki, jamiyatimizda ayollar va bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilishga qodir bo`lgan hamda voyaga etmagan farzandlarimizga nisbatan zo`ravonlik holatlariga qarshi turadigan yanada mustahkam va qat'iy qonunlarga ehtiyoj bor”, — deya ta'kidlab o`tdi Senat raisi Tanzila Norboyeva.

Foto: Senat.uz

Amaldagi qonunchilikka ko`ra nomusga tegish hamda jinsiy ehtiyojni zo`rlik ishlatib g`ayritabiiy usulda qondirish kabi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda jabrlanuvchining yoshi aybdorga ayon bo`lishi asosiy mezonlardan biri bo`lgan bo`lsa, endilikda ushbu qoida bekor qilinmoqda. Ya'ni aybdorning jabrlanuvchi yoshini bilmasligi uni Jinoyat kodeksi moddalarining tegishli qismlarida nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Shu bilan birga, voyaga etmaganlarga nisbatan jinsiy zo`ravonlikni sodir etgan shaxslarning bolalarga ta'lim, tarbiya berish, shuningdek bolalar bilan bevosita ishlashni nazarda tutuvchi faoliyat turlari bilan shug`ullanishini taqiqlash hamda bu turdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning ro`yxatini yuritish ko`zda tutilmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi. 

To Top ↑
To Top ↑