Jahon yangiliklari
Joriy yilning 1-14 iyul' kunlari xorijda istiqomat qiluvchi qozoq millatiga mansub bolalar uchun yozgi oromgoh tashkil etiladi
«Vatandoshlar jamg`armasi» tomonidan tashkil etilgan yozgi oromgoh loyihasi ilk bor 2019 yilda Astana shahridagi Nazarboyev intellektual maktabida o`tkazilgan edi.
Unda 7 davlatdan 150 nafar etnik qozoq bolalari ishtirok etdi.
Loyiha 2020-2021 yillarda COVID-19 pandemiyasi tufayli o`tkazilmadi. 2022 yilda Burabaydagi «IQanat» maktabi bazasida tashkil etildi va Frantsiya, Turkiya, Eron, Qirg`iziston, O`zbekiston, Hitoy, Mo`g`uliston, Rossiya kabi 8 davlatdan jami 84 nafar bola ishtirok etdi.
Ushbu loyiha joriy yilda ham davom etadi.
2023 yil 1 iyuldan 14 iyulgacha davom etadigan yozgi oromgoh dasturida bolalar ot minish, kamondan o`q otish, oshiq o`ynash, tikuvchilik, milliy asboblar chalish, qozoq tilini intensiv formatda o`rganish kabi milliy qadriyatlar va mobilografiya kabi zamonaviy darslar bo`yicha bilimlarini oshiradilar.
Bundan tashqari, eng yaxshi universitetlarning ko`rgazmalarida ishtirok etish va Qozog`istondagi ta'lim imkoniyatlari bilan tanishishlari, taniqli insonlarning mahorat darslariga qatnashish va taniqli yulduzlar ishtirokidagi kontsertlarni tomosha qilishlari mumkin.
«Yozgi oromgoh» loyihasida ishtirok etish uchun «Vatandoshlar jamg`armasi» jamg`armasi tomonidan xorijdagi 12-17 yoshli etnik qozoq bolalari o`rtasida o`tkaziladigan onlayn tanlovda qatnashish va bepul chipta yutib olish mumkin.