Jahon yangiliklari
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining ma'lum qilishicha, Moskvada 13 yoshli bola chekayotgan elektron tamaki uning og`zida portlab ketgan.
Elektron tamaki parchalari bolaning labini yirtgan, burniga shikast etkazgan. Bundan tashqari u qo`li va ko`krak qismidan ham jarohat olgani ta'kidlanmoqda. Ayni paytda ettinchi sinfni tugatgan o`smir shifoxonaga etkazilgan.
Bunday holat 2020 yilda Rossiya Federatsiyasining Saratov viloyatida ham sodir bo`lgan edi.