Mahalliy yangiliklar
2022 yilning 1 yanvar' holatiga O`zbekistonda 15-49 yoshli ayollar o`rtasida homiladorlikni to`xtatish (abortlar soni) 35,4 mingtani tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi ma'lum qildi.
Bu ko`rsatkich 2017 yilga nisbatan 7 mingtaga kamaygan. 2017–2021 yillarda mamlakatda 198,2 mingta homila abort qilingan.
Yillar kesimida abortlar soni:
• 2017 yil – 42,4 mingta;
• 2018 yil – 44,1 mingta;
• 2019 yil – 39 mingta;
• 2020 yil – 37,3 mingta;
• 2021 yil – 35,4 mingta.