Mahalliy yangiliklar
Endi maktab o‘quvchilarini davomat qilishda Milliy gvardiya ham qatnashadi. Bunga oid qo‘shma qaror imzolandi.
Unga ko‘ra:
- har kuni sinf rahbar davomat qilib uni e-Maktab platformasiga kiritadi;
- ma’naviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari sababsiz kelmagan o‘quvchilar ro‘yxatini Milliy gvardiyaga beradi;
- maktab, inspektor-psixolog va Milliy gvardiya xodimi davomatni yuritib boradi.
- Milliy gvardiya xodimi o‘quvchining ota-onasi bilan suhbat o‘tkazadi;
- zarurat bo‘lsa, farzandi ta’limiga qarshilik ko‘rsatgan ota-onaga ma'muriy chora ko‘riladi.