x

Mahalliy yangiliklar

Toshkent shahrida yashovchi fuqaro D.X. nabirasiga jismoniy chora qo'llagan o'qituvchi ustidan shikoyat qilib, Bolalar ombudsmani ishonch telefoniga murojaat yo'lladi.

Murojaatda D.X. 2016-yilda tug‘ilgan nabirasi F.S. Shayxontohur tumani 167-sonli maktabda 1-sinfda ta’lim olishini, mazkur sinf rahbari, o‘qituvchi M.O. qizchani koyigani va unga jismoniy chora qo‘llab, pedagog axloq-odob qoidalariga zid xatti-harakatlar sodir etganligini bildirib, M.O. ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur holatni o'rganib, holatni tasdiqladi.

Unga ko'ra sinf rahbari M.O. bolaga nisbatan hech bir tazyiqqa yo‘l qo‘ymaslik borasida ogohlantirilgan va unga tegishli intizomiy chora qo‘llanilgan.

Murojaatchining iltimosiga ko‘ra, uning nevarasi o‘qiyotgan 1 “A” sinfidan boshqa sinfga o‘tkazilgan.

To Top ↑
To Top ↑