x

Jahon yangiliklari

Qirgʻizistonda maktablarni bosqichma-bosqich 12 yillik taʼlim tizimiga oʻtkazish boshlanmoqda. Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar mahkamasi “Oʻrta umumiy taʼlim tuzilmasini modernizatsiya qilish toʻgʻrisida”gi buyruqni tasdiqladi.

QR Vazirlar mahkamasi matbuot xizmatining xabar berishicha, jahon hamjamiyatida qabul qilingan taʼlim tendensiyalarini joriy etish va umumiy maktab taʼlimi tizimida taʼlim muddatini oʻzgartirish orqali oʻquvchilarning funksional savodxonligi va ular uchun kompetensiyalarni oshirish maqsadida ushbu qaror qabul qilindi.

12 yillik taʼlimga oʻtishda majburiy maktab taʼlimi bilan 5-6 yoshli bolalar 100 foiz qamrab olinadi. Maktabgacha taʼlim dasturida qatnashayotgan oʻqituvchilar, 12 yillik taʼlimga oʻtilganida, maxsus malaka oshirish kurslarida oʻqib, 1-sinflarda pedagoglik faoliyatlarini davom ettiradilar.

To Top ↑
To Top ↑