x

Mahalliy yangiliklar

Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 36-sonli maktabda birinchi sinf oʻquvchisini kaltaklagan oʻqituvchi ishdan boʻshatildi. Bu haqda bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabar qildi.

Tarqalgan videoda oʻqituvchi boshlangʻich sinflarga dars vaqtida avvaliga oʻquvchi bolani urgani, soʻng oʻquvchi qizga baqirib, qattiq kaltaklagani aks etgandi. Qiz partasida oʻtirgan boʻlsa ham, oʻqituvchi uni urishdan toʻxtamagan. Bosh prokuratura holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilayotganini bildirgandi.

Oʻrganishga koʻra, maktabning boshlangʻich oʻqituvchisi M.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2024-yil 1-martdan boshlab bekor qilingan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv natijasida M.A. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 52-moddasi (Yengil tan jarohati yetkazish) asosida javobgarlikka tortilgan va jarimaga tortilgan.

To Top ↑
To Top ↑